Navoiyda mahkum oʻz joniga qasd qildi

Saqlash
14:49 / 10.10.2022 651 0

Navoiy shahridagi 4-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkum oʻzining kiyimlaridan sirtmoq yasab, oʻz joniga qasd qilgan.

 

Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Viloyat prokuraturasi bergan maʼlumotga koʻra, mahkum M.O. shu yilning 7-oktyabri soat taxminan 01:35 larda koloniya intizomiy boʻlinmasi (qamoqxona ichki tartib qoidalarini buzganlik uchun jazo sifatida mahkumlarni alohida vaqtincha saqlash joyi, -tahr.)ning 2-hujrasida oʻzining kiyimidan arqon yasab, yotish uchun moʻljallangan oʻrin joyidagi krovat temiriga oʻzini osib, oʻz joniga qasd qilgan.

 

Mahkum M.O. mazkur jinoyat ishi boʻyicha 2018-yil 30-iyulda jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “l” bandi hamda 60, 61-moddalari bilan aybdor deb topilib, 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan boʻlgan.

 

Mahkum ushbu jinoiy ishiga qadar ham JKning bir nechta moddalari bilan muqaddam 4 marotaba sudlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//