Ilm-fan
Joriy yilning 18-oktabr kuni Xalqaro Oʻzbek tili va adabiyoti olimpiadasi oʻtkaziladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va taʼlim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning oʻzbek tili va adabiyotiga boʻlgan qiziqishini oshirish, oʻzbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish va milliy madaniyatni keng targʻib qilishdan iborat.
Olimpiadada xorijiy davlat fuqarosi (millatidan qatʼi nazar) boʻlgan 15–17 yoshli umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari, Oʻzbekiston hududida yashayotgan va taʼlim olayotgan xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Olimpiadada qatnashishni istaganlar ushbu sahifa orqali 16-oktabrga qadar onlayn roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Olimpiada 30 ta test topshirigʻidan iborat sinov shaklida 18-oktabr kuni soat 06:00 dan kechki soat 23:59 ga qadar oʻtkaziladi. Natijalar 19-oktabr kuni eʼlon qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q