"Muammo, yechim, natija" notiqlik tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Saqlash
16:22 / 01.11.2021 1985 0

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan iqtidorli notiq yoshlarni kashf etib, nutq madaniyatini rivojlantirish barobarida, o‘zbek tili nufuzini oshirish maqsadida "Muammo, yechim, natija" notiqlik tanlovini o‘tkazdi. Ushbu tanlov bir necha bosqichda tashkil etilib, so‘nggi Respublika bosqichiga 10 nafar yoshlar yetib keldi va g‘olib deb topildi.

Tanlovdan ko‘zlagan maqsad yoshlar oʻrtasida nutq madaniyatini oshirish, adabiy til va uning normalariga rioya qilinishini targʻib qilish, shuningdek, adabiy til boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq, sharoit va uslub taqozosiga koʻra oʻrinli foydalana olish koʻnikmasini berish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdir.

Bellashuvda 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan arizalar joriy yilning 15-iyulidan – 10-avgust sanasiga qadar @notiq_motivatsionbot orqali qabul qilindi. Talabgorlar ariza yoʻllash barobarida erkin mavzuda tayyorlagan 1 daqiqali videorolikni yuborishlari so‘raldi. Ekspertlar tomonidan yuborilgan vedeoroliklar koʻrib chiqilib, g‘oliblar anqilandi.

Quvonarlisi, g‘oliblar qatorida O‘zJOKU talabalari ham bor. Ayni sohada olayotgan nazariy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazib, yuqori natijani qayd etgan g‘oliblarimiz 3-bosqich talabasi Charos Shodmonqulova va 1-bosqich sirtqi ta'lim talabasi Sardorbek Isroilovlardir.

G‘oliblar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qimmatbaho sovg'alar va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

 

Sitora YO‘LCHIYEVA, O‘zJOKU
Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//