Jamiyat
Respublika Markaziy banki tomonidan «Fuqarolik kodeksi»ning 248-moddasiga (Pul majburiyati bo‘yicha talablarni qondirish navbati) o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ommaviy muhokamaga taqdim etildi.
Unga ko‘ra,jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarz yoki kredit (tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan kreditlar bundan mustasno) bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov miqdori, agar qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo‘lmasa, qarz oluvchining qarzi tartibi o‘zgartirilmoqda. Jumladan dastlab:
Kodeksning oldingi tahririda amalga oshirilgan to‘lov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli bo‘lmaganida, boshqa kelishuv bo‘lmasa, u eng avvalo kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, so‘ngra foizlarni, uning qolgan qismi esa — qarzning asosiy summasini uzishi belgilangan.
Ushbu o‘zgartirish bilan jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bo‘yicha birinchi navbatda asosiy qarzning qaytarilishiga erishish bilan birgalikda qarzni to‘lashga rag‘batlantiradi va qarz yukini kamaytirishga xizmat qiladi, deyiladi loyiha hujjatida.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda xorijiy davlatlar, jumladan, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston Respublikasi hamda Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligi va amaliyoti o‘rganildi.
Loyihani amalga oshirish uchun Davlat budjeti va boshqa manbalardan xarajatlar talab etilmaydi.
Mazkur qonunning qabul qilinishi aholining kreditlarni qaytarish qobiliyatini yaxshilashga, kredit tashkilotlarida muammoli kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushini kamayishiga, aholidan kredit to‘lovlari bilan bog‘liq kelib tushayotgan murojaatlarning kamayishiga xizmat qiladi.
Muhokamalar 21 oktabrgacha davom etadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q