Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl-patrul xizmati xodimi haydovchini urgani aks etgan video tarqalib, koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Mazkur holatga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 7-oktyabr kuni taxminan soat 07:30 dan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori B.Nazirxoʻjayev Shayxontohur tumanidagi Bunyodkor va Islom Karimov koʻchalari chorrahasida tirbandlikni bartaraf etish maqsadida harakatni tartibga solib turgan boʻlgan.
Biroq soat 08:30 larda Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi 1984-yilda tugʻilgan E.A. uyali telefondan foydalanib, YPX inspektorining ishorasiga boʻysunmasdan chorrahaga kirib kelgan. YPX inspektori haydovchiga sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirayotgan vaqtida haydovchi YPX inspektorini onasidan haqorat qilgan, natijada oʻzaro tortishuv yuzaga kelgan. Haydovchining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.
Qayd etilishicha, YPX inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Surishtiruv kuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanishi taʼkidlangan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q