Jamiyat
Juma va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida hali ham quruq va biroz iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Faqat juma kuni Kavkaz hududlaridan antitsiklon respublikaning eng shimoliga kirib keladi. Shu sabab Qoraqalpogʻistonda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shanba kuni antitsiklon respublika hududlariga tarqala boshlaydi. Kunduz kuni harorat biroz koʻtariladi va +24…+27 daraja atrofida boʻladi. Bu harorat ushbu kunning meʼyoriy qiymatlaridan koʻp.
Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.
Yakshanba kuni ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Sovuq antitsiklon taʼsirida havo harorati kechasi +5…+8 daraja, kunduzi +20…+24 darajagacha pasayadi.
Madaniyat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112062
Jamiyat
94748
Jamiyat
90769
Jamiyat
75572
Jamiyat
//
Izoh yo‘q