Jamiyat
Oliy Majlis Senatining oʻttiz uchinchi yalpi majlisida “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qoʻshib hisoblanadi. Bunda, nogironlik pensiyasi olayotgan fuqaro pensiya yoshiga yetganda yoki boquvchisini yoʻqotganda nogironlik pensiyasini olishni davom ettirsa, (boshqa pensiya turiga oʻtmasa) I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti qayta hisoblanmaydi.
Yangi qonunga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning pensiya tayinlanganidan keyingi kamida 1 yillik ish staji va ish haqi miqdoridan kelib chiqib har 2 yilda bir marotaba tayinlangan pensiya qayta hisoblanadi hamda pensiya miqdoriga qoʻshib boriladi.
Qonun qabul qilinsa, 2023-yilda (1994–2022-yillarda ish stajiga ega boʻlgan) 75 ming nafar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning pensiyalariga oʻrtacha 300 ming soʻm qoʻshiladi. Kelgusida mehnat faoliyatini olib borganlarning (bugungi kunda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning 43 ming nafari rasman band) pensiyasi har 2 yilda bir marotaba ish staji va oylik ish haqidan kelib chiqib, qayta hisoblab boriladi.
Shuningdek, pensiya olish huquqi belgilangan oʻgay farzandini 18 yoshgacha kamida 5 yil tarbiyalagan ota-onalarning bolani tarbiyalagan davrini aniqlash tartibi, Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari boʻlgan shaxslarning pensiyalariga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizgacha miqdorida ustamalar toʻlash tartibi belgilanishi koʻzda tutilmoqda.
Qonun Senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q