Jamiyat
“ToshkentboshplanLiti” direktor oʻrinbosari Saidazim Sharipov OʻzA muxbiri bilan suhbatda poytaxt bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanishini maʼlum qildi.
Maʼlumot berilishicha, bugungi kunda “ToshkentboshplanLiti” DUK tomonidan Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasi 3D formatda tayyorlanmoqda. Uni yaratish ustida Turkiya kompaniya mutaxassislari ish olib bormoqda.
“2022-yilning soʻngiga qadar bosh rejaning bir qismini tamomlash rejalashtirilgan. Ayni paytda Toshkent shahrining belgilangan chegarasining ichidagi barcha hududlar loyihasi ishlab chiqilmoqda”, — deydi Saidazim Sharipov.
Uning taʼkidlashicha, bosh rejada, nafaqat Toshkent shahridagi, balki poytaxt atrofidagi hududlarning ham rivojlanishi nazarda tutilib, taxminan 44 ming gektar yer ajratilgan.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91290
Jamiyat
75988
Jamiyat
//
Izoh yo‘q