Jamiyat
Toshkent shahar Yashnobod tumani obodonlashtirish boʻlimi boshligʻi xodimlariga daraxtlarni yoʻq qilish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqida deputat Rasul Kusherbayevning Telegramʼdagi «Kusherbayevga murojaat» kanalida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, tuman obodonlashtirish boʻlimi boshligʻi D.Yusufxoʻjayev xodimiga: “Abdumalik mana bu yerda 3-4 ta archa bor, shuni zudlik bilan olib tashlang”, – deb topshiriq bergan. Maxtumquli koʻchasidagi koʻplab yashil daraxtlar kesib tashlangan.
Rasul Kusherbayev holatni oʻzining Telegram kanalida eʼlon qildi. «Obodonlashtirishning oʻzi daraxtkesarmi shunda? Masʼullar nima deydi bunga?», – deydi deputat.
Maʼlumotlarga koʻra, holat bir necha kun oldin boʻlgan.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110669
Jamiyat
94426
Jamiyat
90331
Jamiyat
74134
Jamiyat
//
Izoh yo‘q