Jamiyat
Kecha “WikiStipendiya” marafonining shu kungacha boʻlgan natijalari sarhisobi, yangi loyihalar taqdimoti va oraliq tanlovlar gʻoliblarini taqdirlash marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Eslatib oʻtamiz, marafonga joriy yilning 20-may kuni start berilgan edi. Oʻsha paytda Vikipediyadagi oʻzbek tilidagi maqolalar soni 140 348 ta boʻlgan.
Ayni paytda esa 178 025 taga yetgan. Tahrirlar soni esa 2 559 272 tadan, 2 995 023 taga yetgan. Faol foydalanuvchilar soni esa 388 tadan, 803 taga ortgan.
Tadbirda oraliq tanlovlarning birinchi va ikkinchi mavsumi gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.
.jpg)
Ikkinchi mavsum sovrindorlari bilan tanishing:
„Eng yaxshi tahrirchi» tanlovi gʻolibi – Humoyun Qodirov;
„Ayollar, ularning huquqlari va jamiyatdagi oʻrni mavzusida eng yaxshi kontent yaratuvchi» tanlovi gʻolibi – Odilbek Irisqulov;
„Sport mavzusida eng yaxshi kontent yaratuvchi» tanlovi gʻolibi – Wikinewpages;
„Eng yaxshi tadqiqotchi» tanlovi gʻolibi – Umid Baqoyev.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110669
Jamiyat
94426
Jamiyat
90331
Jamiyat
74134
Jamiyat
//
Izoh yo‘q