Jamiyat
O‘zbekistonda talaba va o‘quvchilarning qishki ta’tilini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, dekabr oyining oxirgi 10 kunligi va yanvar oyining birinchi 10 kunligi oralig‘ida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)lariga har yilgi ikki haftalik qishki ta’tili beriladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga mavjud sharoitdan kelib chiqib o‘quvchi va talabalarga ta’til berish muddatini o‘zgartirish huquqi beriladi.
Bayram kunlari va qishki ta’til davrida talabalar turar joylarida qolayotgan talabalarning xavfsizligi va bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi, shuningdek, ovqatlanishi mazkur OTMning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Talaba va o‘quvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda ularning hududlarga harakatlanish imkoniyatini oshirish maqsadida qishki ta’til kunlari ularning uylariga borishlari va o‘qishga o‘z vaqtida qaytib kelishlari uchun transport vositalari qatnovi vaqtincha ko‘paytiriladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda Uzbekistan Airways’ga qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avval talabalar uchun chiptalarga 50 foiz chegirmalar e’lon qilish tavsiya etilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q