Tarjimon va yozuvchi Nodirabegim Ibrohimovaning “Bahaybat va mehribon dev” tarjima kitobi nashr etildi

Saqlash
02:21 / 31.10.2021 1331 0

«Yangi asr avlodi» nashriyotida  Roald Dalning bolalarga bag‘ishlangan «Bahaybat va mehribon dev» kitobi nashr etildi. Asar mohir tarjimon Nodirabegim Ibrohimova tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi.

 

Maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan ushbu kitob bosh qahramoni boʻlmish BMD (Bahaybat va mehribon dev) qoʻrqinchli emas, aksincha mehribon va saxiy. Mitti qizaloq dev bilan ilk marotaba toʻqnashganda avvaliga dev uni yamlamay yutadi, deb qoʻrqadi. Ammo unday boʻlmaydi. Qahramon qiz Sofi tezda dev bilan doʻstlashib oladi. Ularning sarguzashtlari shu tarzda boshlanadi.

 

“Yangi asr avlodi” nashriyoti qoshida ochilgan Book.uz kitob doʻkoni oʻz faoliyatini boshlaganiga ham 3 yil boʻldi. Shu munosabat bilan ikki kundan buyon barcha kitobxonlar uchun bayram kunlari oʻtkazilmoqda. Kitobsevarlarning sevimli maskani boʻlgan Book.uz doʻkoni tadbir dasturi davomida yozuvchi, tarjimonlar bilan uchrashuvlar tashkil qilgan. Bundan tashqari, turli chegirmalar ham tuhfa qilmoqda.

 

“Uchrashuv ajoyib oʻtdi! Maktab oʻquvchilari koʻpligidan ketma ket ikki marta taqdimot qilishga toʻgʻri keldi. Toʻgʻrisi, bolalar kitobga qiziqmay qoʻygan deb oʻylardim, yoʻq hammasini koʻzlari porlab turibdi! Buning uchun «Yangi asr avlodi” nashriyotiga katta rahmat!», deydi Nodira Ibrohimova oʻz Facebook sahifasida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//