Jamiyat
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) respublikadagi sihatgohlarda yotib davolanish uchun onlayn navbatga turish xizmati ishga tushdi.
Ushbu imkoniyatdan️ urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar, halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari), respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar,️ Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar foydalanishlari mumkin.
Shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar, yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar, I va II-guruh nogironligi boʻlganlar, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar,️ yoshga doir pensiya oluvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi kerakli sihatgohni belgilaydi va soʻrov yuboradi.
Ushbu xizmat orqali sihatgohlarda mavjud navbatlarni oldindan koʻrish imkoniyati ham mavjud. Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos boʻlmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi.
Shuningdek, ariza beruvchi oʻz navbatini onlayn kuzatib bora oladi. Mazkur xizmat orqali avval qogʻoz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112417
Jamiyat
95075
Jamiyat
91291
Jamiyat
75991
Jamiyat
//
Izoh yo‘q