Shavkat Mirziyoyev Vengriyadagi xotira ustuni poyiga gulchambar qoʻydi

Saqlash
20:55 / 04.10.2022 670 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida Budapesht shahrining Qahramonlar maydonidagi xotira ustuni poyiga gulchambar qoʻydi.

 

Davlat rahbari Vengriya davlatchiligini barpo etishga hissa qoʻshgan buyuk arboblar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Marosim faxriy qorovul xizmatchilari ishtirokida, harbiy orkestr sadolari ostida oʻtdi.

 

Ushbu maskan Budapeshtning bosh maydonlaridan biri boʻlib, YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Maydon markazida Mingyillik ustuni qad rostlagan, uning poyida mojar qabilalarining 7 nafar boshligʻi haykallari oʻrnatilgan. Ushbu yodgorlik vengerlarning bugungi vatanini topishi va Vengriya qirolligiga asos solinishiga bagʻishlangan.

 

Majmuada venger xalqining atoqli namoyandalari haykallaridan iborat 2 ta kolonnada joylashgan. Yodgorlikning old tomonida Vengriya qahramonlari sharafiga xotira toshtaxtasi oʻrnatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//