Ilm-fan
Xabaringiz bor, 3-oktabrdan joriy yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini eʼlon qilish haftaligi boshlandi.
Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi haftalik doirasida fizika boʻyicha 2022-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlarini eʼlon qildi. Ushbu yoʻnalishda nufuzli mukofot Parij-Sakle universiteti akademigi Alen Aspe, Berklidagi Kaliforniya universiteti doktori Jon Klauzer hamda Massachusets texnologiya instituti akademigi Anton Saylingerga berildi.
Olimlar “kvant mexanikasi boʻyicha tadqiqotlari uchun” Nobel mukofotini qabul qilib olishadi. Shuningdek, ular 10 mln shved kronasi (taqriban 915 ming dollar) miqdoridagi mukofot pulini ham boʻlishib oladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111614
Jamiyat
94640
Jamiyat
90625
Jamiyat
75110
Jamiyat
//
1 Izoh
Zuxriddin
12:01 / 01.01.1970
Tabriklayman. Bizga ham nasib qilsin.