Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Chorvoq suv omboriga kanalizatsiya suvlari oqib tushayotgani haqida eʼlon qilingan xabar yuzasidan Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi Narzulla Oblomurodov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida oʻrganish oʻtkazildi. Bu haqida qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida Boʻstonliq tumani Novobod mahallasidagi “Chorbogʻ oromgohi”ning yuqori hududida “Chimgonsoy” soyidan oqib oʻtuvchi suvlar avtomobil yoʻlining tag qismidagi quvur orqali suv omboriga quyilayotgangani aniqlangan va xabarda keltirilgani kabi suv omboriga maishiy va ishlab chiqarish suvlari oqizilmayotgani maʼlum boʻlgan.
Shundan soʻng mutaxassislar tomonidan laboratoriya tahlili uchun suvdan namunalar olingan.
Ishchi guruh tomonidan Chorvoq suv ombori atrofida joylashgan xizmat koʻrsatish obyektlari, tadbirkorlik subyektlari, jumladan, mehmonxonalar, pansionatlar va boshqa aholi dam olish maskanlarining oqova suvlarni tozalash holati, shuningdek, Boʻstonliq tumanida aholi va turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish, mavjud infrastrukturani yanada yaxshilash, chiqindi toʻplash shoxobchalari va chiqindi qutilari tarmogʻini kengaytirish masalalari oʻrganilmokda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q