Jamiyat
Oʻzbekistonga 8 oyda 1,9 million dona telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.
Qoʻmita xabariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yil yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.
Oʻzbekiston 13 ta davlatdan telefon import qilgan. Ushbu vaqt mobaynida mobil qurilmalarni eng koʻp import qilgan mamlakatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti — 1,4 mln. dona. Xitoy eng yaqin taʼqibchilaridan sezilarli darajada oshib ketgan.
Mazkur koʻrsatkich davlatlar kesimida quyidagicha koʻrinish oldi:
Xitoy – 1,4 mln dona;
BAA – 239 ming dona;
Vyetnam – 148 ming dona;
Hindiston – 127 ming dona;
Qozogʻiston – 25 ming dona;
Koreya – 2,1 ming dona.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q