Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosida koʻp miqdordagi baliqlar nobud boʻlgani toʻgʻrisida videoxabar tarqalgandi. Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan qoʻmitaning inspektorlardan iborat ishchi guruhi tomonidan Chirchiq daryosi oʻzani boʻyicha oʻrganish olib borilmoqda.
Mazkur holatga aniqlik kiritilib, kelib chiqish sabablari va amalga oshirilayotgan choralar toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, videodagi baliqlar kumushrang tobon baliqlari hisoblanadi. Bu holat faqat shu yil kuzatilayotgani yoʻq. Bu holat har yili takrorlanib kelmoqda. Baliqlar rostdan ham zaharlanish natijasida nobud boʻlgan koʻrinadi. Atrofdagi korxonalardan chiqayotgan maishiy oqova suvlar daryoga qoʻshib yuborilganga oʻxshaydi.
Qayd etilishicha, keyingi yillarda Chirchiq daryosida baliqlar miqdori keskin kamaygan. Sohilboʻyida qushlar ham siyraklashgan. Ahvol shunday davom etsa, bir necha yildan keyin Chirchiq daryosidan faqat chiqindi suv oqadi. Shundogʻam oʻzi hech nima qolmadi, — deyiladi Telegramʻdagi “Ekologuz” kanalida.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q