Fargʻonada fuqaroni boʻgʻib, kaltaklagan IIO xodimlari sud tomonidan oqlandi

Saqlash
14:10 / 29.09.2022 678 0

Fargʻonada ichki ishlar organlari xodimlari bir necha kishi guvohligida (tergovchilar va fuqarolar) bir ayblanuvchini kaltaklab, boʻgʻishga harakat qilgani tasvirlangan video tarqaldi, deya yozmoqda bloger Olimjon Haydarov.

 

Videoda ikki nafar IIO xodimi xonada bir necha odamlarning koʻz oʻngida bir kishiga qoʻpollik qilib, uni urayotganini koʻrish mumkin. Xodimlardan biri fuqaroning boʻynidan boʻgʻgan, biri esa tepib, yuziga tarsaki tushirgan.

 

Orada boshqa odamlarning ajratishga harakat qilishiga qaramay, xodimlar yana fuqaroni boʻgʻa boshlagan. Xonaga boshqa odamlar kirib kela boshlaganidan keyin janjal yakunlangan.

 

Tarmoqlarda ushbu holat Fargʻona viloyat Yozyovon tumanida sodir boʻlgani, tasvirdagi xodimlar esa IIBning tezkor xodimi va uchastka noziri ekanligi aytilmoqda. Holat bir necha oy avval boʻlgani, ikki xodim esa aybsiz deb ham topilgani qayd etilgan.

 

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea 2021-yilning 14-iyul kuni Fargʻona shahri Ichki ishlar boʻlimida sodir etilgan. Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan JKning 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda 2021-yil 2-dekabrda mazmunan koʻrib chiqishlik uchun sud organlariga yuborilgan.

 

Mazkur jinoyat ishi joriy yilning 23-avgust kuni Fargʻona viloyati JIB sudi tomonidan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilib, xodimlarning harakatlarida jinoyat alomatlari yoʻq deb topilgan va oqlov hukmi chiqarilgan, dedi Shohrux Gʻiyosov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//