Veterinariya va chorvachilik sohasida koʻkrak nishonlarini berish tartibi belgilandi

Saqlash
22:56 / 28.09.2022 709 0

Hukumat qarori (526-son, 27.09.2022-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

 

Koʻkrak nishonlari bilan quyidagilar taqdirlanadi:

 

“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan – veterinariya sohasini rivojlantirish, sohada nazoratni kuchaytirish va xizmatlar sifatini oshirish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar;

 

“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni bilan – chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan shaxslar.

 

Nomzodlar boʻyicha takliflar har yili 1-iyulgacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga beriladi.

 

Qoʻmita raisi tomonidan nomzodlarni koʻrib chiqish uchun 5 kishilik komissiyalar tuziladi.

 

Komissiyalar nomzodlar boʻyicha takliflarni oʻrganib 1-avgustgacha yakuniy xulosalarni qabul qiladi.

 

Xulosalar asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruqlari qabul qilinadi.

 

Koʻkrak nishonlari har yili 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida tantanali topshiriladi.

 

Koʻkrak nishonlari bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln soʻm) miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti va esdalik sovgʻalar beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//