Jamiyat
Soʻnggi haftalarda Rossiya fuqarolarining yaqin atrofdagi mamlakatga koʻchib oʻtish holatlari ikki barobarga oshdi. Bu haqida “RIA Nedvijimost” nashri xabar berdi.
Statistikaga koʻra, rossiyaliklar eng koʻp Armaniston, Gruziya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Ozarbayjonga koʻchib oʻtmoqda. Armaniston va Gruziyada Rossiya fuqarolarining koʻchib kelish koʻrsatkichi uch barobarga oshgan.
Eskpertlarning qayd etishicha, Rossiyada qisman safarbarlik eʼlon qilinishi natijasida mamlakat fuqarolarining koʻchib ketishi yuqoridagi davlatlarda uy-joylar ijara haqining oshishiga olib kelmoqda.
“Nisbatan arzon boʻlgan Toshkent markazidan bir xonali kvartirani ijrasi ham oyiga 400-700 dollarni tashkil etmoqda. Poytaxtning chekka tumanlarida ijara haqi 200 dollardan boshlanadi”, — deydi Oʻzbekistondagi “Etaji” agentligi boshqaruvchisi Artur Yugay.
Uning soʻzlariga koʻra, Toshkent markazidagi yangi qurilgan turar joy binolarining bir kvadrat metri 960 dollardan sotilmoqda, ikkilamchi bozorda esa 890 dollardan boshlanadi. Qayd etilishicha, maydoni 30 kvadratni tashkil etadigan bir xonali uyni poydevori endi quyilayotgan vaqtda 15-20 ming dollardan 40-45 ming dollarga xarid qilish mumkin. Uylar bitgan holatda uning narxi yana 30-50 foizga qimmatlashadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q