Kimlar mol-mulk solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingani aytildi

Saqlash
13:09 / 28.09.2022 534 0

Oʻzbekistonda ayrim jismoniy shaxslar mol-mulk soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod etilgan.

 

Soliq yangiliklarini yoritib boruvchi “Soliq xizmati xabarlari” kanali ularning roʻyxatini taqdim etdi:

 

“Oʻzbekiston Qahramoni”, sovet ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

 

urush nogironlari va qatnashchilari;

 

harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va Milliy gvardiyadagi xizmat boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralangani, kontuziya yoki mayib boʻlgani oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;

 

energiya resurslari amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga;

 

yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga toʻlguniga qadar amal qiladi.\

 

Quyidagi jismoniy shaxslar mulkida boʻlgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

 

10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;

 

pensionerlar;

 

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar.

 

Yuqorida koʻrsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

 

Soliq imtiyozlari mulkdor tanloviga koʻra faqat 1 yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish