Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha 1-o‘rinda turgan viloyat ma’lum qilindi

Saqlash
11:09 / 28.09.2022 542 0

Fargʻona viloyati qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti boʻyicha viloyat respublikada 1-oʻrinda, sanoat tovarlari eksportida esa top 3 talikka kirgan.

 

“Dunyo” AA xabariga koʻra, Oliy Majlis Senati ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar oʻrganilgan.

 

Senat ishchi guruhi hisobotiga koʻra, viloyatga investitsiya mablagʻlarini jalb etish va investitsiya loyihalarini ishga tushirish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash va turmush darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berilgani qayd etildi.

 

Xususan, oʻzlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdori boʻyicha respublikada 2-oʻrinni egallab kelayotgan Fargʻona viloyati yiliga oʻrtacha 50 foizlik oʻsish surʼatlarini namoyish etib kelmoqda.

 

Viloyatda bugungi kunda jami roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 568 tani tashkil etadi. Dunyoning eng nufuzli “S&P Global Rating” (AQSH) xalqaro reyting agentligi xulosasiga asosan, viloyatning mustahkam moliyaviy indikatorlari va yuqori iqtisodiy salohiyati uchun “B+” yaʼni “barqaror” darajasidagi kredit reytingi berilgan. Viloyatda jami 91 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan.

 

Hududiy investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda ularni amalga oshirish, import mahsulotlarini mahalliylashtirish, xizmatlar sohasini rivojlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligiga koʻmaklashish, yangi ish oʻrinlarini yaratish kabi masalalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish