Buxoroda sobiq hisobchi xodimlarning qariyb 1 mlrd so‘mini talon-toroj qildi

Saqlash
10:09 / 27.09.2022 537 0

Buxoro shahrida xodimlarning mablagʻlarini oʻzlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati maʼlumot berdi.

 

Taʼkidlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahri boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda “M.” MCHJ sobiq hisobchisi D.U. MCHJga tegishli korporativ kartadan 961,5 million soʻmni naqdlashtirib olib oʻzlashtirgani hamda korxonaning 59 nafar xodimining 99 million soʻm ish haqini shaxsiy kredit toʻlovlari uchun yoʻnaltirgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish