Jamiyat
Prezident topshirigʻini bajarish maqsadida Fargʻona vodiysi va Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarini temir yoʻl transporti bilan uzviy bogʻlash, ichki turizmni rivojlantirish uchun qoʻshimcha 651/652-sonli “Andijon — Xiva — Andijon” yoʻlovchi poyezdi qatnovi joriy yilning 28-sentyabr kunidan yoʻlga qoʻyildi. Bu haqida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” xabar berdi.
2022-yilning 29-sentyabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yoʻlovchi poyezdining harakat yoʻnalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.
Yoʻlovchi poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Unga koʻra, 651/652-sonli “Andijon — Xiva — Andijon” yoʻlovchi poyezdi 2022-yilning 28-sentyabr haftaning chorshanba kunidan boshlab Andijondan, 2022-yilning 29-sentyabr haftaning payshanba kunidan boshlab Xivadan joʻnaydi.
391/392-sonli “Andijon — Urganch — Andijon” yoʻlovchi poyezdi harakati 2022-yil 29-sentyabrdan haftaning payshanba kuni Andijondan va haftaning juma kunidan boshlab Urganch bekatidan harakatlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q