Jamiyat
Fargʻonada 2022-yil oxirigicha elektromobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Taʼkidlanishicha, Fargʻona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov Fargʻona shahridagi oʻrganishlari davomida mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasidagi Central Asia Motors korxonasida boʻlgan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, korxonada 2021—2022-yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi koʻzda tutilgan elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha qilingan ishlar koʻzdan kechirilgan.
Ushbu loyiha toʻliq yakunlansa, yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi va uning 40 foizi eksportga yoʻnaltiriladi. Elektromobillar uchun kuzov, zaryad stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.
Korxona bosh direktori Bahodir Ahmedov viloyat rahbariga elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari joriy yil yakuniga qadar boshlanishini maʼlum qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q