“Al-Azhar” O‘zbekiston tarixiga oid qo‘lyozma va nodir nashrlarning raqamli ma’lumotlar bazasini taqdim etdi

Saqlash
09:09 / 26.09.2022 674 0

Misrning “Al-Azhar” diniy majmuasi Oʻzbekiston tarixiga oid qoʻlyozma va nodir nashrlarning raqamli maʼlumotlar bazasini taqdim etdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, mamlakatimiz elchixonasi tomonidan olib borilgan manzilli izlanishlar natijasida “Al-Azhar” diniy majmuasi arxiv va kutubxona fondidan Oʻzbekiston tarixiga oid qoʻlyozma va nodir nashrlarning yangi raqamli maʼlumotlar bazasi olingan.

 

“Al-Azhar” diniy majmuasi qoshidagi Islom tadqiqotlari akademiyasi (ITA) Bosh kotibi Nazir Muhammad Ayyod tomonidan ushbu majmua kutubxonalarida saqlanayotgan jami 49 ming 361 qoʻlyozma adabiyot roʻyxati keltirilgan 28 kitobdan iborat yangilangan jamlanma hamda aynan shu noyob nashrlar boʻyicha tafsilotlarni oʻz ichida olgan 50 GB hajmidagi elektron fayllar 8 ta CD-diskda tegishli dasturiy taʼminot ilovasi bilan birga taqdim etildi.

 

Ushbu dasturiy taʼminot ilovasida Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan yaratilgan “Oʻzbekistonga oid xorijdagi qoʻlyozma asarlar reyestri”dan oʻrin olgan va hozirda “Al-Azhar” universiteti markaziy kutubxonasida saqlanayotgan quyidagi asarlar mavjud:

 

  • Alouddin Usmandiy Samarqandiy, sharh “Uyun al-Masail”, inv. № (1980) 26819;
  • Imom al-Buxoriy, “Al-Adab al-Mufrad”, inv. № (466) 3778;
  • Imom al-Buxoriy, “Al-Jomeʼ as-Sahih”, inv. № 197;
  • Imom al-Buxoriy, “Az-Zuʼafa as-Sagʻir”, inv. № 446;
  • Imom al-Buxoriy, “At-Tarix al-Kabir”, inv. № 681;
  • Imom al-Buxoriy, “Xayr al-Kalom fi al-Qiroat xalf al-
  • Imom”, inv. № (2032) 22407;
  • Imom al-Buxoriy, “Xalq afʼal al-Ibod”, inv. № (2895) 36424.

 

“Oʻzbekistonga oid xorijdagi qoʻlyozma asarlar reyestrini” yangilash va toʻliq maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida ushbu manbalar ichida oʻzbek allomalari qalamiga mansub qoʻshimcha qoʻlyozma asarlarni aniqlash, toʻplangan materiallarni rasmiy nashrlarda chop etish va ilm ahliga yetkazish, qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, Misrda saqlanayotgan mamlakatimiz tarixi va ajdodlarimizga oid adabiyotlar nusxalarini koʻchirish ishlari davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish