Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev shu yilning 6-sentabr kuni videomurojaat yoʻllab, unda surxondaryolik fuqaro uni onasidan soʻkkanini bildirgandi. Deputatning maʼlum qilishicha, haqorat boʻyicha ish sudda koʻrib chiqilgan.
“Kecha (23-sentabr — tahr.) jinoyat ishlari boʻyicha Boysun tumani sudida fuqaro S. Sultonovning meni haqorat qilganligiga doir ish koʻrib chiqildi.
Men JIB Yunusobod tumani sudidan onlayn ishtirok etdim.
Sud S.Sultonovni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 41-moddasiga asosan BHMning oʻttiz baravari (9 mln soʻm) miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi”, — deb yozadi deputat.
Kusherbayevga koʻra, unga fuqarolik sudi orqali huquqbuzar S.Sultonovdan maʼnaviy zarar undirishim mumkinligi tushuntirilgan.
“Haqorat javobgarlikka sabab boʻladi, haqoratdan tiyilaylik”, — deya qoʻshimcha qilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Siyosat
109660
Jamiyat
94043
Jamiyat
89822
Jamiyat
72979
Jamiyat
//
Izoh yo‘q