Sport
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) dzyudochilarning yangilangan reyting oʻrinlarini eʼlon qildi. Bu haqida Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, oʻzbekistonlik dzyudovchi Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida dunyo reytingida 1-oʻringa koʻtarilib oldi. Mazkur reytingda soʻnggi bor bundan 9 yil avval oʻzbekistonlik dzyudochi peshqadam boʻlgan edi. Tokio Olimpiadasi sovrindori Davlat Bobonov Rishod Sobirovning 9 yil avvalgi natijasini takrorladi.
Shuningdek, yana ikki nafar oʻzbekistonlik dzyudochi yangilangan reytingda TOP-10 dan joy olgan. Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) avvalgi oʻrniga nisbatan bir pogʻona pastlab, 4-oʻrinni egallab turibdi. Sardor Nurillayev (-66 kg) ham bir pogʻonaga pastlab, 6-oʻrinni band etgan.
Qizlardan esa -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova (3202 ochko) hamda -70 kg vaznda Gulnoza Matniyazova (3027 ochko) bir xil — 11-oʻrindan joy olishgan.
-60 kg:
1. Yago Abuladze (Rossiya) — 4841 ochko;
20. Kemran Nurillayev (Oʻzbekiston) — 1928 ochko.
-66 kg:
1. An Baul (Janubiy Koreya) — 5603 ochko;
6. Sardor Nurullayev (Oʻzbekiston) — 3569 ochko.
-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) — 5175 ochko;
13. Hikmatilloh Toʻrayev (Oʻzbekiston) — 2879 ochko.
-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) — 6692 ochko;
4. Sharofiddin Boltaboyev (Oʻzbekiston) — 4436 ochko.
-90 kg:
1. Davlat Bobonov (Oʻzbekiston) — 6004 ochko;
35. Shermuhammad Jandreyev (Oʻzbekiston) — 1140 ochko.
-100 kg:
1. Arman Adamyan (Rossiya) — 5524 ochko;
13. Muhammadkarim Xurramov (Oʻzbekiston) — 3015 ochko.
+100 kg:
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) — 5900 ochko;
22. Alisher Yusupov (Oʻzbekiston) — 1833 ochko;
26. Bekmurod Oltiboyev (Oʻzbekiston) — 1487 ochko.
Ayollar:
-52 kg:
1. Amandin Bushar (Fransiya) — 6520 ochko;
11. Diyora Keldiyorova (Oʻzbekiston) — 3202 ochko.
-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) — 5810 ochko;
11. Gulnoza Matniyazova (Oʻzbekiston) — 3027 ochko.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q