Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

Saqlash
22:27 / 22.09.2022 713 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

 

Davlatimiz rahbari suhbat avvalida Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar turkman xalqiga esa farovonlik tiladi. Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning keng qamrovli kun tartibini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, sanoat, energetika, transport, qishloq xoʻjaligida kooperatsiyani chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

 

Davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almashdilar. Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining sermahsul natijalari yuksak baholandi. Muloqot yakunida Oʻzbekiston Prezidenti birodar Turkmaniston Prezidenti va xalqini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//