Jamiyat
Oʻzbekistondagi mingdan ortiq bogʻchada idish-tovoqlarni yuvish uchun sharoit yetarli emas. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov Senat kengashining majlisida maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Daryo.uz sayti.
Nurmat Otabekovning taʼkidlashicha, bogʻchalarda kasallanishlarga 4 asosiy omil sabab boʻlmoqda.
«Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarining ishlatilishi, ovqat tayyorlash texnologik jarayoniga rioya etmaslik, muassasada nomutaxassislarning faoliyat yuritayotgani va ular oddiy sanitariya minimumini oʻqimaganliklari guruhli kasallanishlarga sabab boʻlmoqda. Autsorsinglar bizning faoliyatimizga, ayniqsa, MTTlarining oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, mahsulotlarni pishirib, tayyorlab berish jarayoniga aralashuvi boshlangandan keyin tartibsizlik avjiga chiqib ketdi. MTTning oshxonasida, aytaylik, tadbirkorlik subyekti faoliyat olib borgandan keyin, unga prezidentimizning 6221-sonli qarorga muvofiq, uch oyda bir marotaba kira olamiz. U oʻn kun oldin biz kelishimizdan xabardor boʻladi. Hamma joyni supurib, toza qilib, biz kelishimizga hech qanaqa kamchiliklarni koʻrsatmaydigan qilib qoʻyishi mumkin», dedi mutaxassis.
Nurmat Otabekovning qoʻshimcha qilishicha, koʻplab bogʻchalarda idishlarni yuvish uchun sharoit yetarli emas va bu holat ham kasallanishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
«Hozir Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qariyb 30 foizi (1 200 ga yaqini) moslashtirilgan binoda. Ularning suv taʼminotiga eʼtibor beradigan boʻlsak, aksariyat qismida 3 ming 48 ta holatda idish-tovoqlarni yuvish uchun sharoit yoʻq — togʻoralardan foydalaniladi. Shunga oʻxshash holatlarning hammasi keyinchalik guruhli kasallanishga sabab boʻlishi mumkin.
Biz mahsulotlarni xavfsizlik nuqtayi nazardan laboratoriyalarda tekshirgan vaqtimizda bir jihatga eʼtibor berdik. Ularning salkam 10 foizi bakteriologik nuqtayi nazardan, 5 foizi parazetologik nuqtayi nazardan, salkam 5 foizi kimyoviy nuqtayi nazardan talabga javob bermaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, men 100 foiz maktabgacha taʼlim muassasasida shunaqa degan fikrdan uzoqdaman», degan u.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q