Jamiyat
2022-yil 12-sentyabr kuni Toshkent shahar sudida Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga masʼul boʻlgan shaxslarga oid jinoyat ishi yuzasidan 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqida Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 28,167, 209, 28,209, 243 va 258 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra sudlanuvchilarning
- 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi,
- 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,
- 1 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari,
- 1 nafariga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida jarima jazolari
- 2 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash va bazaviy hisoblash miqdorining 550 baravari miqdorida jarima jazolari,
- 23 nafariga 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 dan 550 gacha baravari miqdorida jarima jazolari tayinlandi.
Ushbu hukm ustidan apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran yigirma sutka ichida, mahkumlar va fuqaroviy daʼvogarlar esa hukmning koʻchirma nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudi orqali Oliy sudga berilishi mumkin.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q