Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
“Endi transport vaziri Mahkamov ham uygʻonadigan vaqt keldi”, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Transport vazirligiga:
- barcha davlatlarning aviatsiyaga masʼul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yoʻnalishlariga boʻlgan barcha cheklovlar olib tashlanganini yetkazish;
- xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Yevropa, Osiyo, Amerika, Arab davlatlari hamda qoʻshni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yoʻlga qoʻyish;
- vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Samarqandda bir yillik xalqaro uchrashuvlar va anjumanlarni oʻtkazish dasturini tasdiqlash topshirigʻi berildi.
Umuman, besh kun muddatda Samarqanddagi yangi majmualarni ishlatish, buning uchun qoʻshimcha imtiyoz va yengilliklar berish boʻyicha alohida qaror loyihasini ishlab chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q