Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Fargʻona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam boʻldi.
Lekin, ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam boʻldi.
Chetdan kelgan turistlar uchun koʻrsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past boʻlib, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat koʻrsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.
Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyoʻl, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman koʻrsatilmagan.
Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun:
- Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;
- Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyoʻl, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, oʻzgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95098
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q