Oʻqituvchilarga 20 foiz ustama beruvchi milliy sertifikat tizimi yaratilmoqda

Saqlash
19:30 / 19.09.2022 16371 5

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan «Aniq va tabiiy fan oʻqituvchilariga sertifikat berishning milliy tizimini yaratish va pedagoglarni birinchi, oliy malaka toifasini olishga tayyorlash – borasida “QUALIFICATION” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yetuk mutaxassislarni jalb qilgan holda savollar tuzishga qoʻyiladigan talablar, test topshiriqlari namunalari, soʻrovnomalar, baholash mezonlariga qoʻyilgan talablar ishlab chiqildi.

 

Pedagog oʻqituvchilar uchun 19 ta banddan iborat soʻrovnoma savollari shakllantirilib, testdagi topshiriqlar soni, ularning tuzilishi, baholash mezonlari aynan baholashning maqsadidan kelib chiqqan holda belgilandi.

 

Pedagoglarni malaka toifasini olishga tayyorlash uchun 4 ta fan, fizika, matematika, kimyo va biologiya, har bir fan boʻyicha oliy va birinchi toifali pedagoglar tomonidan 72 soatga moʻljallangan oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqildi.

 

Yaratilgan oʻquv dasturlar asosida pedagog xodimlarni toifaga tayyorlash maqsadida 4 ta, Biologiya, Kimyo, Matematika va Fizika fanlari doirasida maʼruza matn, test, keys, taqdimotlar ishlab chiqildi. 288 ta videodarslar tayyorlandi.

 

4 ta fandan birinchi va oliy malaka toifasini olishga koʻmak berishga qaratilgan tayyorlov kursi uchun oʻquv dasturlariga asoslangan jami 800 ta nazorat savollari tuzilib, testlar ekspertizadan oʻtkazildi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining onlinedu.uz platformasida “Toifa kurslar” nomi bilan trenajyor ishga tushirildi.

 

Mazkur trenajyorga fan oʻqituvchilarning yuqoridagi fanlar yuzasidan diagnostik test qilish imkoniyati kiritilgan boʻlib, bu kurslarni boshlashdan oldin pedagoglarning kasbiy boʻshliqlarini aniqlashda yordam beradi. Yaʼni, oʻqituvchilar toifa olishida oʻz fani doirasida bilishi lozim boʻlgan koʻnikmalar aniqlanib, ularga kurslar belgilanadi.

 

Taʼkidlanishicha, yana bir katta imkoniyat yaratilib, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Milliy-tadqiqot institutida kimyo, biologiya hamda fizika fanlaridan amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini olib borishga moʻljallangan zamonaviy laboratoriya xonalari tashkil etildi.

 

Hozirda mazkur laboratoriyada tabiiy fan oʻqituvchilari uchun yangi metodikalar va malaka toifasini oshirishga moʻljallangan video kurslar tasvirga olinmoqda.

 

Bundan tashqari sertifikat berishning milliy tizimini yaratish boʻyicha pedagog kadrlarning kasbiy faoliyatini baholash, ularning pedagogik mahorati oʻlchovini belgilash hamda oʻquvchilarning oʻquv fanidan bilimlarini sinovdan oʻtkazish, psixologik tayyorgarligini aniqlash boʻyicha mutaxassislar tomonidan matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari spesifikatsiyalar ishlab chiqilib mazkur spesifikatsiyalar asosida kimyo hamda biologiya fanlaridan 7-11- sinf oʻquvchilari uchun 1500 tadan, matematika fanidan 5-11 sinf oʻquvchilari uchun 2100 ta, fizika fanidan 6-11 sinf oʻquvchilari uchun 1800 ta hamda pedagog kadrlarning oʻquv fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash boʻyicha yuqoridagi fanlardan 200 tadan jami 800 ta psixologik tayyorgarligini aniqlash boʻyicha 200 ta savollar ishlab chiqildi. Mazkur test savollari ochiq test, yopiq test, hamda keys shaklida boʻlib, bilish va tushunish – reproduktiv daraja, qoʻllash – produktiv daraja, tahlil – intellektual daraja kabi aqliy faoliyat turlarini oʻz ichiga oladi

 

Loyiha davomida baholash boʻyicha tajriba sinov ishlari uchun Navoiy viloyatining Navoiy shahar, Qiziltepa, Navbahor va Karmana tumanlaridan oliy, birinchi, ikkinchi va mutaxassislik toifasiga ega boʻlgan 120 nafar aniq va tabiiy fan oʻqituvchilari, shuningdek, 5097 nafar 5-11-sinf oʻquvchilari qamrab olindi.

 

Loyihaning asosiy maqsadlardan biri – aniq va tabiiy fan oʻqituvchilariga sertifikat berishning milliy tizimini yaratishdan iborat boʻlib, mazkur sertifikatga ega boʻlgan aniq va tabiiy fan oʻqituvchilarining oylik maoshlariga 20 foiz miqdorda ustama qoʻshilishi nazarda tutilmoqda. 

 

Hozirgi paytda loyihaning yakuni boʻyicha elektron platformani ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

5 Izohlar

Hasanova Maftuna

12:01 / 01.01.1970

Boshlabg'ich sinf o'qituvchilari uchun ham milliy sertifikat chiqsa yaxshi edi

Mohigul

12:01 / 01.01.1970

Men musiqa fani o'qituvchisiman musiqa fanidan ham sertikat joriy etilsa yaxshi bulardi. Nima bu fan o'qituvchilari ham shunga muhtoj chunki bu fan darslari maktablarda kam pyligi ham kam

Xolmurotov Qahhor Safarovich

12:01 / 01.01.1970

Albatta boshlang`ich sinf bu poydevor hisoblanadi. Milliy sertifikat olish imkoniyati bu yaxshiku, yanada o`z ustida ko`proq ishlashga, raqobatga undaydi.

Faxriddin

12:01 / 01.01.1970

Boshlang‘ich sinf o'qtuvchilariga ham ozgina etibor qaratinglar

Oʻgʻiloy

12:01 / 01.01.1970

Tarix fanidan ham qilinganmi

Izoh qoldirish

//