Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga Davlat bayrogʻi haqidagi 3 daqiqadan oshmaydigan videoroliklar qabul qilinadi.
Ishtirokchilar ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga #bayroq32 heshtegi bilan joylab, havolasini Oyina.uz portalining Telegramdagi @oyinauz_bot manziliga shaxsiy maʼlumotlari (pasport nusxasi, bog‘lanish uchun telefon raqami) bilan birga yuborishi talab etiladi.
Videoroliklar 17-noyabr kuni soat 15:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumli televizor, kitoblar to‘plami hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi:
Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi.
Tanlov haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va uning Telegram kanalida eʼlon qilib boriladi.
//
5 Izohlar
Hulkaroy
19:11 / 16.11.2023
Zo'r gap yoq
Sayyora
18:11 / 16.11.2023
Juda yaxshi tanlov , videorolikni qaysi manzilga yuborishni bilolmadim
Diyorbek
18:11 / 16.11.2023
Yangi Òzbekiston kelajagi yoshlar qòlida
Asomiddin
18:11 / 16.11.2023
Juda ajoyib tanlov
Asilbek
17:11 / 16.11.2023
Bu tanlov juda ajoyib sovrin uchun emas balki vatanimizni qadirlash ulugʻlash uni har doim sevib yashash va tarimizni bilish har doim oʻzimizni kimligimizni bilish va faxirlanish tuygʻulari menda har doim shunday paytda joʻsh urub ketadi va faxirlanaman buni tashkillashtirgan katta kattakon rahmat.