“Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi

18:11 / 13.11.2023 25534
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga Davlat bayrogʻi haqidagi 3 daqiqadan oshmaydigan videoroliklar qabul qilinadi.

 

Ishtirokchilar ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga #bayroq32 heshtegi bilan joylab, havolasini Oyina.uz portalining Telegramdagi @oyinauz_bot manziliga shaxsiy maʼlumotlari (pasport nusxasi, bog‘lanish uchun telefon raqami) bilan birga yuborishi talab etiladi.

 

Videoroliklar 17-noyabr kuni soat 15:00 ga qadar qabul qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumli televizor, kitoblar to‘plami hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi:

 

  • 1-o‘rin – televizor (50 o‘lchamli),
  • 2-o‘rin – televizor (43 o‘lchamli),
  • 3-o‘rin – televizor (32 o‘lchamli).

 

Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi.

 

Tanlov haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va uning Telegram kanalida eʼlon qilib boriladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

5 Izohlar

Azizaxon

10:11 / 18.11.2023

Juda yaxwi tawkil etgan

Абдужаббор Тошматов

09:11 / 18.11.2023

Oyina.uz jamoasi ijodiy ishlariga omad!!!

Oʻtkirbek

21:11 / 17.11.2023

Tanlov ajoyib ekan. Menga yoqdi. Bu tanlov gʻoliblari qachon eʼlon qilinadi va taqdirlash jarayoni qanday boʻladi hammaga omad

Maftuna

19:11 / 17.11.2023

Yurtimiz doim gullab yashnasin

Madina Raxmonova

18:11 / 17.11.2023

Tanlov menga juda yoqdi.

Izoh qoldirish