“Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi

18:11 / 13.11.2023 25198
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga Davlat bayrogʻi haqidagi 3 daqiqadan oshmaydigan videoroliklar qabul qilinadi.

 

Ishtirokchilar ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga #bayroq32 heshtegi bilan joylab, havolasini Oyina.uz portalining Telegramdagi @oyinauz_bot manziliga shaxsiy maʼlumotlari (pasport nusxasi, bog‘lanish uchun telefon raqami) bilan birga yuborishi talab etiladi.

 

Videoroliklar 17-noyabr kuni soat 15:00 ga qadar qabul qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumli televizor, kitoblar to‘plami hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi:

 

  • 1-o‘rin – televizor (50 o‘lchamli),
  • 2-o‘rin – televizor (43 o‘lchamli),
  • 3-o‘rin – televizor (32 o‘lchamli).

 

Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi.

 

Tanlov haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va uning Telegram kanalida eʼlon qilib boriladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

5 Izohlar

Bexruz

11:11 / 24.11.2023

Uzbekistan respublikasi davlat gerbi gullagan vodiy yulduzlari bilan vatanim manim Oʻzbekiston vatanimniotam onamdayin ulugʻlayman

Xoʻjanapasova Gulmira

21:11 / 18.11.2023

Tanlov juda yaxhi tashkil etilgan

Xoʻjanapasova Gulmira

20:11 / 18.11.2023

Tanlovni tashkil qilinganligi juda yaxhi boʻlgan

Kumush

13:11 / 18.11.2023

Hammani bugungi bayram bn chin qalbimdan muborakbod etaman

Azizaxon

10:11 / 18.11.2023

Men bugun juda ham xursandman

Izoh qoldirish