“Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi

18:11 / 13.11.2023 25961
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi munosabati bilan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga Davlat bayrogʻi haqidagi 3 daqiqadan oshmaydigan videoroliklar qabul qilinadi.

 

Ishtirokchilar ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalariga #bayroq32 heshtegi bilan joylab, havolasini Oyina.uz portalining Telegramdagi @oyinauz_bot manziliga shaxsiy maʼlumotlari (pasport nusxasi, bog‘lanish uchun telefon raqami) bilan birga yuborishi talab etiladi.

 

Videoroliklar 17-noyabr kuni soat 15:00 ga qadar qabul qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari 32, 43, 50 dyumli televizor, kitoblar to‘plami hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi:

 

  • 1-o‘rin – televizor (50 o‘lchamli),
  • 2-o‘rin – televizor (43 o‘lchamli),
  • 3-o‘rin – televizor (32 o‘lchamli).

 

Yana 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘ringa kitoblar to‘plami taqdim etiladi.

 

Tanlov haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va uning Telegram kanalida eʼlon qilib boriladi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

5 Izohlar

Sevinch

20:11 / 16.11.2023

Tanlovda qanday qatnashish mumkin

Azizbek

20:11 / 16.11.2023

👍

Muhammadjon

20:11 / 16.11.2023

Tanlov menga yoqdi bu tanlaovlarni xar yili qilish kerek

Axatova Sabrina

20:11 / 16.11.2023

Bu tanlovni boshlab juda tog'ri fikr qilgan deb o'ylayman chunki bu tanlov ko'pgina o'quvchilarni bayroqqa bo'lgan o'z e'tiborini ko'rsatishda yordam beradi.

Mirkomil Yunusov

20:11 / 16.11.2023

Qanday yuboriladi video rolkni

Izoh qoldirish