Жамият
Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan zilzilada aholining barcha qatlamini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil dastur yaratildi.
Vazirlik matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ilova keng jamoatchilik tomonidan bepul yuklab olish uchun Google Play (Play Market) platformasiga Zilzila mobile nomi bilan joylashtirilgan (hozircha App Storeʼda mavjud emas). Yuklab olingan dastur o‘rnatilgandan so‘ng foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan til tanlanadi. Dasturda 3 ta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) ishlash imkoniyati yaratilgan.
Unda zilzila paytida, oldin va keyin (manzillarga qarab) qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi, shuningdek, yer silkinishining kelib chiqish sabablari, halokatdan so‘ng yordam ko‘rsatish haqidagi maʼlumotlar hamda fuqarolarning tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar joylashtirilgan.
Avvalroq 1-dekabrdan kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushirilishi maʼlum qilingandi. Bunda “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil dasturi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuborilishi aytilgandi.
Жамият
Жамият
Жамият
Сиёсат
Жамият
Жамият
77358
Жамият
56495
Жамият
55695
Жамият
50745
Жамият
//
Изоҳ йўқ