“Vatan tayanchi” jamoasi “Aybin—2024” xalqaro harbiy-vatanpvarlik yigʻinida faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi

Saqlash
11:29 / 25.06.2024 279 0

Olmaota shahridagi Quruqlikdagi qoʻshinlar harbiy institutida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlar yigʻini yakunlandi. Yigʻinda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

 

 

Qozogʻiston, Ozarbayjon, Belarus, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 750 nafar oʻgʻil-qizdan iborat jamoalar “Aybin sovgʻasi” intellektual oʻyini, robototexniklar oʻrtasida “Bilimdon askar” sharti, “AK-74” qurolini notoʻliq qismlarni ajratish va yigʻish shartlarida oʻzaro bellashdi.

 

 

Bir necha kun davom etgan murosasiz bahslar yakunida “Vatan tayanchi” jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Birinchi oʻrin esa mezbon — Qozogʻiston jamoasiga nasib etdi.

 

 

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida jamoamizga kubok, medallar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//