Hojatxonalar qurish maqsadida qadimgi yodgorliklar qisman buzilgani maʼlum boʻldi

Saqlash
10:53 / 25.06.2024 234 0

Sirdaryoda “Hashartepa” (IX – XII asrlarga oid) yodgorligining 6,4 m/kub qismi hojatxona va hammom qurish uchun uchun qisman buzilgan. Bu haqida Bosh prokuratura xabar berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, madaniy meros obyektlarining yana bir nechta qismi turli sabablarga koʻra zararlangan.

 

Jumladan:

◻️ Qashqadaryoda “Kofirtepa-2” (VII – XIII asrga oid) yodgorligining 2,4 m/kub, “Beshteraktepa”ning (IX – XII asrlarga oid) 6 m/kub hamda “Xontepa”ning (XI – XIII asrlarga oid) 189 m/kub qismi uy-joy qurish uchun;

 

◻️ Jizzaxda “Tomoshotepa-2” (IV – V asrlarga oid) yodgorligining 14 m/kub qismi hojatxona hamda “Qoratepa”ning (V – VI asrlarga oid) 30m/kub qismi issiqxona qurish uchun;

 

◻️ Navoiyda “Gʻazgʻontepa” yodgorligining 16 m/kub qismi mobil kompaniya antennasi, “Nonvoylartepa-2”ning 5,3 m/kub, “Kaltepa”ning (V – VIII asrlarga oid) 23 m/kub hamda “Yasiltepa”ning (III – XI asrlarga oid) 20 m/kub qismi xoʻjalik inshootlari qurish uchun;

 

◻️ Toshkent viloyatida “Nomsiztepa-1” yodgorligining 15 m/kub qismi xojatxona, “Nomsiztepa-2”ning 1,92 m/kub qismi issiqxona qurish uchun qisman buzilgan.

 

Xabarga koʻra, yuqoridagi jami 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlanib, jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//