Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Unga rahbarni Prezident tayinlaydi va ishdan oladi

Saqlash
15:04 / 25.04.2023 1091 0
Foto: Газета

“Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (Respublika markazi) tashkil etildi.

 

Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.

 

Respublika markazi, jumladan:

 

taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

 

maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtiradi.

 

Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik Prezidentning fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Respublika markaziga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

 

Respublika markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablar maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari uchun majburiy hisoblanadi.

 

Qarorga koʻra, vakolatli davlat organlari maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarini litsenziyalash, attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishni Respublika markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish