Madaniyat
Taniqli turk aktyori Burak Oʻzchivit XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida mehmon sifatida ishtirok etadi. Bu haqida Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.
U Turkiya delegatsiyasi tarkibida Toshkentga tashrif buyuradi va boshqa turk aktyorlari bilan birga kinofestivalning asosiy tadbirlarida ishtirok etadi. Joriy yilning 15-sentyabr kuni Forumlar saroyida tantanali ravishda ochiladigan “Turk kinosi kunlari” shular jumlasidandir.
Turkiya delegatsiyasi Toshkentda bir qator filmlar namoyishini oʻtkazib, 16-sentyabr kuni Urganch shahriga joʻnab ketadi va u yerda ham 2 kun davomida oʻz filmlarini namoyish etadi.
Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxalikovga koʻra, turk seriallaridagi aktyorlarning kinofestivalga tashrifi Toshkent shahar hokimligining koʻmagi bilan amalga oshirilmoqda.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
112121
Jamiyat
94804
Jamiyat
90851
Jamiyat
75648
Jamiyat
//
Izoh yo‘q