Jahon
Asli Tanzaniyada tug‘ilgan, Buyuk Britaniyada yashovchi yozuvchi Abdulrazzoq Gurna bu yilgi Nobel mukofoti sovrindori deb e’lon qilindi. U «istilochilik oqibatlari hamda madaniyatlar va qit’alar orasiga tushib qolgan qochoqlar taqdiri mavzusini yoritgani uchun» ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.
Inglizzabon yozuvchi ayni paytda 73 yoshda bo‘lib, “Jannat” va “Dengiz bo‘yida” romanlari bilan tanilgan.
Qolgan yo‘nalishlar:
Tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishida nufuzli mukofot Kaliforniya universiteti professori Devid Julius va AQSHdagi Skrips ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Ardem Pataputyanga;
fizika bo‘yicha Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabega;
kimyo yo‘nalishida Benjamin List va Devid Makmillanga topshirildi.
Nobel qo‘mitasi yana tinchlik va iqtisodiyot bo‘yicha sovrindorlarni e’lon qiladi.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109905
Jamiyat
94220
Jamiyat
90058
Jamiyat
73278
Jamiyat
//
Izoh yo‘q