Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yigʻilishda bundan ikki yil avval oziq-ovqat sanoati Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimiga oʻtkazilib, alohida vazir oʻrinbosari lavozimi, maxsus jamgʻarma tashkil etilgani, barcha vakolatlar berilgani taʼkidlandi.
Lekin, qishloq xoʻjaligi vaziri J.Xodjayev va uning oʻrinbosari A.Asomov masalani ichiga kirmayotgani, pastga tushib tizimda amaliy natijalar qila olmayotgani tanqid qilindi.
Ular oziq-ovqat sanoati boʻyicha bir oy muddatda oʻzgarish qilmasa, ularga qatʼiy choralar koʻriladi, dedi davlatimiz rahbari.
Birorta hokimda hududiy import balansi, ichki imkoniyatlar va viloyatda ishlab chiqarsa boʻladigan tovarlar boʻyicha hisob-kitob yoʻqligi taʼkidlandi.
“Bu borada hokimlar bergan rejalar ham buni tasdiqlab turibdi. Bu mutlaqo yetarli emas”, dedi Prezident.
Vazirlar Mahkamasiga hukumat qarorini qabul qilib, har bir tarmoq va hudud rahbarining majburiyatlari, aniq hisob-kitoblar, masʼul va javobgarlarni belgilash topshirildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q