Jamiyat
1-mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuvda Olgan Bekar Jahongir Ortiqxoʻjayevga qabul uchun minnatdorlik bildirib, oʻzbek-turk munosabatlari jadal rivojlanayotganini, bu ikki davlat rahbarlari asos solgan strategik hamkorlik mahsuli ekanligini taʼkidlagan.
Shuningdek, mart oyining oxirida boʻlib oʻtadigan II strategik hamkorlik boʻyicha sammit doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilayotganini maʼlum qilgan.
Tomonlar turk maktabini kengaytirish uchun yer maydonini ajratish va Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent koʻchalaridan biriga berishni hamda Toshkentda qurilish bilan shugʻullanayotgan turk kompaniyalari masalalarini ham muhokama qilishgan.
Jahongir Ortiqxoʻjayev ushbu masalalarning yechimida imkon qadar koʻmak berishga tayyorligini bildirgan. Olgan Bekar ham, oʻz navbatida, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga vaʼda bergan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Madaniyat
Jamiyat
110844
Jamiyat
94466
Jamiyat
90389
Jamiyat
74317
Jamiyat
//
Izoh yo‘q