Siyosat
Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022-yilda bojxona maʼmurchiligini yanada takomillashtirish va sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazilmoqda.
Yigʻilishda bojxona xodimlarining halol ishlashini taʼminlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda eng muhim masala ekanligi taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan:
- bir oy muddatda bitta postda 3 yil ishlagan xodimlar rotatsiya qilinadi;
- 1-martdan barcha bojxona xodimlari faqat ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi;
- bojxona tizimida xodimlar daromadi va mol-mulkini deklaratsiya qilish joriy etiladi;
- bojxona xodimlarining faoliyati samarasiga qarab, ish haqiga 50 foizgacha qoʻshimcha ustama toʻlanadi. Bu ustamalar aniq koʻrsatkichlar (KPI) asosida belgilanadi;
- olis va sharoiti ogʻir postlarda ishlayotgan xodimlar ish haqiga qoʻshimcha ustamalar joriy etiladi;
- bojxona xodimlariga maxsus unvon uchun ustamalar miqdori oshiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q