Siyosat
11-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi.
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida Bosh vazir Alixan Smailov davlatimiz rahbariga Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻtgan yil dekabr oyidagi sammitda Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari erishgan kelishuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash borasida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qabul qilinayotgan choralar koʻrib chiqildi.
Tovar ayirboshlash hajmini orttirish va uning koʻrsatkichlari muvozanatli boʻlishiga erishish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi sanoat kooperatsiyasi va logistika markazlari tashkil etishni jadallashtirish, suv, energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, hududlararo muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91387
Jamiyat
76047
Jamiyat
//
Izoh yo‘q