Toshkentga tramvayni qaytarmoqchimiz – Prezident

Saqlash
19:20 / 10.02.2022 830 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Samarqand xalqaro aeroportida yaratilayotgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

 

Maʼlumki, bu “havo darvozasi” qariyb 83 million dollarlik loyiha evaziga yangidan qurilmoqda. Oʻtgan yili uchish-qoʻnish yoʻlagi qayta qurilgan edi. Bugungi kunda yangi terminal toʻliq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yoʻl, avtoturargoh va yoritish ustunlari barpo etilmoqda.

 

Mirzo Ulugʻbekning buyuk merosi Samarqandning timsoliga aylangan. Shu bois yangi aeroport binosi alloma bobomizning «Ziji jadidi Koʻragoniy» kitobi shaklida barpo etilgan. Terminalning eni 175, balandligi 25 metr. Bir soatda 800 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻladi.

 

Aeroportda “ochiq osmon” rejimi qoʻllaniladi, kargo xizmati ham yoʻlga qoʻyiladi. Yangi terminal kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi.

 

Shuningdek, Prezident Samarqandda tramvay bor ekanligini alohida qayd etib oʻtdi. 

 

“Tramvayni Toshkentga ham qaytarmoqchimiz. Fuqarolardan bu borada koʻplab xatlar va murojaatlar kelyapti”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//